Ta’birnoma

Ta’birnoma — tush ta’birini bayon qiluvchi kitoblar majmui. T.da tush va uning turlari, tush ko’rish holati va paytlari, ta’bir aytish usuli va shartlari bayon qilinadi. T. asosida tush yo’yuvchilarni ta’birchi, muabbir, ro’yochi deb atashgan. Ta’birchidan folbinlik (tush ko’rgan odamning ag’voli, mijozi va ismini yaxshi bilish, ko’rilgan narsani yaxshi va yomon fol ochib, so’ngra ta’birini aytish) talab qilingan. Eng qad. T. xitoycha “Itszin” nomli asardir. Turkiy tildagi dastlabki T. 8-a. o’rtalari — 9-a. boshlarida Sharkiy Turkistonda yaratilgan, asl nomi “irq bitigi” (“fol kitobi”)dir. U moniylik va shamanlik g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan. Kitobning maqsadi odamlarni ezgulikka chorlash, muayyan axloqiy printsiplarni targ’ib va tashviq qilishdir. Qad. turkiy davrdagi yana bir “Fol kitobi” Moniy yozuvida bitilgan bo’lib, taxm. 9-a. boshlariga mansub. Unda qad. turkiylarning ma’lum bir detallar yoki hodisalarga asoslangan holda olamni anglashga intilishi ayon bo’ladi. Ushbu kitobda buddaviylik oqimining ta’siri ham bor, chunonchi, odam har qanday vaziyatda, ya’ni ko’rgan tushi yaxshi yoki yomon natija keltirishidan qati nazar, ezgu ishlar qilishi va burhonlar xizmatida bo’lishi lozim. Umuman, ezgulik va xayrli ishlar to’g’risidagi o’gitlar barcha T. larning tub mohiyatini tashkil etadi. T. lar ichida fors tilidagi “Komil utta’bir” o’zining mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu kitob 20-a. boshlarida toshkentlik Mullo Azimxonkrri binni Mullo Yusufxon tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (“Komil utta’biri turkiy”, 1916). Nasimxon Rahmonov.