TAITILIKLAR

TAITILIKLAR – xalq, Taiti va Jamiyat orollariga mansub boshqa orollarning asosiy aholisi. 130 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Polinez guruhiga kiruvchi Taiti tilida so’zlashadi. Dindorlari — kalvinistlar, bir qismi — katoliklar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik (kokos palmasi, shakarkamish va boshqalar), qisman baliq ovlash. Taitiliklar o’ziga xos madaniyatini saqlab qolgan.