TAKASOQOL

TAKASOQOL (Dodartia L.) — sigirquyrukdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. O’zbekistonda yagona turi — Sharq Takasoqoli (D. orientalis L.) uchraydi. Poyasi sershox, deyarli bargsiz. To’pguli shingilsimon, 3-7 gulli, qoramtirbinafsha, shoxlari uchida siyrak shingillar hosil qiladi. Ildizi yaxshi rivojlangan. Iyunsent. oylarida gullab urug’laydi. Tog’etaklarida, yo’l yoqalari, bog’va ekinzorlarda begona o’t sifatida o’sadi.