TAKLIFGA TA’SIR ETUVCHI G’AYRINARXIY OMILLAR

TAKLIFGA TA’SIR ETUVCHI G’AYRINARXIY OMILLAR – talabga narxdan bo’lak ta’sir etuvchi omillar. 1. Resurslar baholarining o’zgarishi. Masalan, mineral o’g’itlarga bo’lgan bahoning pasayishi paxtaning taklifini oshiradi. 2. Texnologiyadagi o’zgarishlar. Masalan, paxta viltiga qarshi samarali vositani yaratish paxtaning taklifini oshiradi. 3. Dotatsiya va soliqlardagi o’zgarishlar. Masalan, sigaretlarga aksiz soliqlarining ortishi uning taklifini qisqartiradi; universitetlarga beriladigan dotatsiyalar kamayishi oliy ma’lumotli mutaxassislar taklifini kamaytiradi; 4. Boshqa tovarlarga bo’Igan bahoning o’zgarishi. Masalan, mol go’shtiga bo’Igan bahoning pasayishi qo’y go’shtining taklifini oshiradi. 5. Kutishdagi o’zgarishlar. Masalan, kelgusida neftga bo’Igan bahoning pasayishi neft kompaniyalarini uning j oriy taklifiga ko’nishlariga majbur qiladi. 6. Tovar ishlab chiqaruvchilarning sonining o’zgarishi. Masalan, muzlatkichlarni ishlab chiqaruvchi firmalar sonining o’sishi uning taklifining ortishiga olib keladi.