TAKROR ISHLAB CHIQARISH

TAKROR ISHLAB CHIQARISH – uzluksiz davom etib, takrorlanib va tiklanib turuvchi ishlab chiqarish jarayoni. Ushbu jarayonning mavjudUgi sababi ehtiyojlarning mavjudligi va ularning о’sib borishidir. Uning amalga oshishi uchun ishlab chiqarishning barcha omillari (ish kuchi, ishlab chiqarish vositalari) mavjud bo’lishi kerak. Takror ishlab chiqarish ikki xil bo’ladi: a) oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarishning miqdori o’zgarmagan holda takrorlanadi, ishlab chiqarish omillari o’zgarmagan holda harakat qiladi, yaratilgan qo’shimcha mahsulot shaxsiy iste’molga sarflanadi; b) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish hajmi navbatdagi har bir ishlab chiqarish siklida ko’payadi, ishlab chiqarish omillari miqdori ortib boradi. Tovar ishlab chiqarish kengaytirilgan miqyosda sodir bo’lishi uchun har bir siklning boshida qo’shimcha sifatliroq resurslar zarurdir. Bunga erishish kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning manbai bo’lib qo’shimcha mahsulot xizmat qiladi, uning hammasini shaxsiy iste’molga sarf etmay, ma’lum qismi ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarf etiladi.