TAKRORIY LOGARIFM QONUNI
TAKRORIY LOGARIFM QONUNI — ehtimollar nazariyasining mazmuni jihatidan katta sonlar qonuniga yaqin bo’lgan limit teoremalaridan biri. Takroriy logarifm qonuni qo’shiluvchilar soni ortganda bog’liqsiz tasodifiy mikdorlar yig’indilarining ma’lum shartlarda ortishining aniq tartibini ko’rsatadi. Masalan, XG…, XP — tasodifiy miqdorlar erkli va ulardan har biri 1/2 ehtimollik bilan ikkita 1 yoki -1 qiymatni qabul qiladi. Agar siiqxlq… Qxp bo’lsa, har qanday musbat 8 > 0 uchun biror Uunatural sonidan katta. i ning cheksiz ko’p qiymatlarida tengsizliklar I ga teng ehtimollik bilan bajariladi. “Takroriy logarifm qonuni” atamasi yuqoridagi ifodalarning lnln” ko’paytuvchisi bilan bog’liq bo’lib, metrik sonlar nazariyasi asosida kelib chiqqan. Takroriy logarifm qonuniga oid birinchi natijani 1924 yilda A.Ya. Xinchin oldi. Keyinchalik A. N. Kolmogorov (1929) va V. Feller (1943) ishlarida rivojlantirildi.