TAKSASIYA
TAKSASIYA (lotincha taxatio — baholamoq), o’rmon taksasiyasi — o’rmon resurelarini hisobga olishda, daraxtlarning yoshi, bo’yi, sifati, tayyorlanadigan yogoch zaxirasi kabilarni baholash. Taksasiyada maxsus ko’rsatkichlar (daraxtlar soni va yillik o’sishi, tur tarkibi, yaqin yillarda kesishga mo’ljallangan daraxtlar zaxirasi va boshqalar) qo’llaniladi. Daraxtlarni o’lchash to’g’risidagi fan va o’rmonlarning mahsuldorligi to’g’risidagi ta’limot — dendrometriya o’rmon Taksasiyasining ilmiy asosini tashkil etadi.