TALAS VILOYATI

TALAS VILOYATI — Qirg’iziston Respublikasining shimoliy g’arbiy qismidagi viloyat, Talas vodiysida joylashgan. Shimoliy, shimol g’arbdan Qozog’iston, Janubi g’arbdan O’zbekiston va Jalolobod viloyati, sharqdan Norin va Chu viloyatlari bilan chegaradosh. Talas viloyati 1944-55 yillarda mavjud bo’lgan, 1955-80 yillarda tuman, 1980 yilda qaytadan tashkil qilingan. Umumiy maydoni 11,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 199,9 ming kishi (1999). Markazi — Talas shahri. Talas viloyatining yer yuzasi tog’li va shu tufayli murakkab relef shakllariga ega. G’arbdan sharqqa 230 kilometrga cho’zilgan, eng keng joyi 80 kilometr. Vodiyni qurshab turgan Qirg’iziston va Talas Olatovlari sharqsa bir-biriga yaqinlashib, tog’ tugunini hosil qiladi. Balandligi 650 metrdan 4500 metrgacha. Vodiy tomondagi tog’yon bag’irlari daryolar bilan parchalangan. Talas viloyati turli xil qazilma boyliklariga ega. Konlardan Jeroy oltin koni, Achchiqtosh oltingugurt kolchedan koni katta ahamiyatga ega. Ular geologik jihatdan yaxshi o’rganilgan. Sanoat zaxirasi bo’yicha bu konlardan oltin ajratib olish va sulfat kislotasini ishlab chiqarish. imkoniyati bor. Ko’mir, qurilish materiallari mavjud. Iqlimi kontinental. Yog’ingarchilik oz. Tekisliklarda yozi issiq, qurg’oqchil, qishi sovuq. Iyulning o’rtacha temperaturasi 20-22°, yanvarniki -6°, -7°. Yillik yog’in g’arbda 200 millimetr, Sharqda 400 millimetrgacha, vegetatsiya davri 130-160 kun. Viloyat daryolari, asosan, Talas daryosi sistemasiga kiradi. Talas viloyatidagi Qarqara daryosi Axsi daryosiga quyiladi. Talas daryosi kattaligi bo’yicha Qirg’izistonda 3-o’rinda turadi. Viloyatda tabiiy ko’llar yo’q. Talas Olatovida muzliklar uchraydi. Tuprog’i, asosan, bo’z tuproq. Tog’yon bag’irlarida (1600— 2500 metr) ko’pincha karbonatli qo’ng’ir tuproq va tog’qora tuprog’i uchraydi. O’simliklardan chala cho’lda shuvoqefemerli va shuvoqbetaga o’simliklar o’sadi. Baland tog’ o’tloqli mintaqada (2500 metrdan yuqorida) archa, qarag’ay, pixta o’rmonlari bor. Glyasialnival mintaqada (3400-3600 metrdan yuqorida) qoyatosh va shag’allar orasida Alp o’simliklari o’sadi. Talas daryosi bo’ylarida (Kumushtog’dan Qoraqo’lgacha) terak, tol va boshqa keng bargli daraxtlar bor. Tog’ yon bag’irlaridan yaylov sifatida foydalaniladi. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, silovsin, arxar, tog’takasi, kiyik, qobon, bo’ri, sug’ur, har xil kemiruvchilar, qushlar, daryolarda baliq ko’p. Talas viloyatida Talas davlat kompleks va zoologiya ko’riqxonalari bor. Talas viloyati Qirg’iziston Respublikasida qishloq xo’jaligi. mahsulotlari ayrim turlarini etishtirishda muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, yengil sanoat, qurilish materiallari korxonalari bor. Shulardan eng yiriklari: Talas shahridagi sut, pishloq zavodlari, Qorabura tumanidagi yog’ zavodi. Shuningdek, non, pivo zdlari, go’sht ktlari, tikuvchilik, poyabzal fkalari faoliyat ko’rsatadi. Qurilish korxonalaridan g’isht zdi, uysozlik kombinati, temir-beton buyumlari korxonasi, shag’al saralash zdlari mavjud. Qayindi konidan granit qazib olinadi. Qishloq xo’jalikning asosiy tarmog’i— chorvachilik. Qo’y, echki, qoramol, cho’chqa boqiladi. Parrandachilik, yilqichilik rivojlangan. Ot zotlarini yaxshilovchi Talas yilqichilik zavodi mavjud. Dehqonchilikda g’alla, tamaki, ozuqa, ildiz mevali o’simliklar ekiladi. Viloyatning quyi dehqonchilik rnlarida tokchilik, tog’ etaklarida mevachilik rivojlangan. Viloyatdagi transportning asosiy turi avtomobil transporta. Yirik shaharlarni tutashtiruvchi magistral avtomobil yo’llari bor. Talas shahar havo yo’li orqali Bishkek, Jalolobod, To’ktag’ul, Yangibozor (Chatqol tumani) bilan bog’langan. Talas viloyatida 3 xalq teatri, adabiy-etnografik muzey, rassomchilik hunarmandchilik muzeyi, 4 madaniyat va istirohat bog’i, Manas gumbazi bor. Manas eposining 1000 yillik yubileyi munosabati bilan noyob Manas majmuasi qurilgan.