TAL’AT POSHO
TAL’AT POSHO, Meqmet Tal’at (1874, Turkiya — 1921.16.3, Berlin) — Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, “Ittig’od va taraqqiy” partiyasi rahbarlaridan biri, Turkiyaning bosh vaziri (1917 yil Fevral — 1918 yil oktabr). 1890 yildan ittihodchilar safida faollik ko’rsatgan. 1896 yilda Salonikiga surgun qilingan. Usmonli Hurriyat jamiyatining asoschisi (1906). Bektoshiya sufiylik tariqatida ham qatnashgan. Yosh turklar inqilobidan keyin turli hukumatlarda ichki ishlar vaziri, pochta va telegraf vaziri (1913-17) lavozimlarini egallagan. Usmonli turk sultonligi parlamenti deputati. “Ittihod va taraqqiy” partiyasi MK raisi. Birinchi jahon urushi arafasi va urush paytida Tal’at Posho, Anvar Posho va Jamol Poshodan iborat triumvirat (uchlik) amalda Turkiya sultonligini boshqargan. Tal’at Posho hukumati turkchilik va islomchilik yo’lini izchil davom ettirib, tashqi siyosatda Germaniyani qo’llab-quvvatlagan. Turkiyaning podsho Rossiyasiga karshi kurashida Turkiston xalqlari quvvatlashini umid qilgan. Turkiya va uning ittifokchisi Germaniya urushda yengilgach, Tal’at Posho o’z safdoshlari bilan iste’foga chiqqan (1918.8.10). Ular Istanbulni tark etib (1918.2.11), Odessa orkali Germaniyaga ketishgan. Tal’at Posho Berlinda Dashnaktsutyun a’zosi tomonidan otib o’ldirilgan. Ad.: G’aniev G.Z., Turkiya v period pravleniya mladoturok, M., 1972; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002. Qahramon Rajabov.