Ta’lim texnologiyalari
Ta’lim texnologiyalari-1) ta’limning yanada samaraliroq shakliga erishish uchun inson zaxiralarini va ular o’rtasida o’zaro ta’sirni hisobga olgan holda bilimlarni o’zlashtirish, ta’lim jarayonini baholash, amalga oshirish, tizimli rejalashtirish metodi; 2) ta’limning texnik vositalari va kompyuterlarni shunchaki qo’llash emas, balki ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan omillarni tahlil etish asosida loyihalash usuli, material (o’quv metodik) va maqbul metodlar yordamida ta’lim jarayonini qulaylashtirish usullarini ishlab chiqish va uning tamoyillarini aniqlash; 3) aniq maqsadga ko’ra o’quv jarayonini boshqarishga oid didaktik muammolarni hal qilish, bunda erishiladigan yutuqlar aniq tavsif va ta’riflarga asoslanishiga erishish metodi.