TAMAGIRLIK

TAMAGIRLIK — birovdan bir narsa kutish va uning ilinjida bo’lish; moddiy naf ko’rish, ochko’zlik, dunyo orttirishga intilish va shu kabi g’arazli niyatlar bilan qilingan hatti-harakat. Huquqda jinoyat motivlaridan biri. O’zbekiston Respublikasi JK 56moddasi “k” bandida g’arazli yoki boshqa past niyatlarda jinoyat sodir etilishi jazoni og’irlashtiruvchi holat sifatida belgilab qo’yilgan. Shuningdek, JK 97-moddasi 2-qismi “i” bandida ham Tamagirlik niyatida odam o’ldirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.