TAMILLAR

TAMILLAR — Hindiston (asosan, Tamilnad shtati) dagi xalq. 61 million kishi (1990 yillar o’rtalari); Shrilankaning shimolda taxminan 2,8 million kishi; shuningdek, Singapur, Myanma, Malayziya, Avstraliya va boshqa yerlarda yashaydi. Umumiy soni 64,1 million kishi. Tamil tilida so’zlashadi. Dindorlari — hinduizmga e’tiqod qiladi, sunniy musulmonlar va xristianlar ham bor. Tamillarning etnogenezi dravid xalklari bilan bog’liq. Milodiy 3-asrdan Hindiston tarixida chola, Chera, Pandya kabi Tamil davlatlari ma’lum. 11 — 12-asrlarda Tamil davlatlari o’zaro birlashganlar. 1337 yilda Vijayanagar imperiyasi vujudga kelib, 16-asrda Jan. Hindistonning barcha hududini qamrab olgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Tamillar yerlari ingliz mustamlakachilari tasarrufiga o’tgan. Tamillar dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash va hunarmandchilik bilan shug’ullanadilar.