Ta’minlagich

Ta’minlagich — sochiluvchan va donali yuklarni bunker, yuklash novlari va b.dan yaqinroq joyga tashish yoki qayta ishlash mashinalariga bir tekisda uzatish uchun mo’ljallangan qurilma. Ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga lentali, vintli (shnekli), tebranma, titrama va b. xillari kiradi. Bular uzunligi va harakatlantirish dvigatelining quvvati bilan konveyerdan farq qiladi. Ikkinchi guruhdagilarga konveyerlarning prototiplari bo’lgan barabanli, diskli, zanjirli va pnevmatikvintli xillari kiradi. Barabanli T. sochiluvchan, donali, mayda va yirik bo’lakli yuklarni uzatishda ishlatiladi. Diskli (tarelkali) T.dan sochiluvchan yuklarni uzatishda foydalaniladi; bunda yuk vertikal o’kda aylanuvchi diskka tushib, undan yuk qo’zg’almas qilib mahkamlangan kurakcha bilan tushiriladi. Diskning aylanish tezligi yuk markazdan qochma kuch ta’sirida sirg’alib tushib ketmaydigan qilib tanlanadi. Zanjirli T. yirik bo’lakli yuklarni uzatishda ishlatiladi; bunda bunkerning chikarish teshigini qoplovchi zanjirli parda bor. Harakatlantiruvchi baraban aylanganda zanjirlar yukning katlamini novga siqadi. Bu bilan yuklarning sirpanish tezligini rostlaydi. Pnevmatik vintli T. sochiluvchanchangsimon materiallarni uzatish uchun ishlatiladi; materialni chiqish oldida tutib qolib, havo oqimi ta’sirida yuklashi bilan vintli T.dan farq qiladi. Barcha T.larning ish organlari tezligini va bunkerdan chiqarish tirqishlari o’lchamini o’zgartirib, titra m a T.da esa tebranish amplitudasi va chastotasini o’zgartirib ish unumdorligi rostlanadi. T.lar qurilishda, tsement zdlarida, mahsulotlarni qayta ishlash korxonalari va b. sohalarda qo’llanadi.