TAMM IGOR YEVGENEVICH
TAMM IGOR YEVGENEVICH (1895. 26.6(8.7), Vladivostok 1971.12.4, Moskva) — rus fizigi, ilmiy maktab asoschisi, akademik (1953), Mexnat Qahramoni (1953). Moskva universitetini tugatgan (1918). Shu universitetda (1921-41 va 1954 yildan), SSSR Fanlar Akademiyasi Fizika institutida (1934-71) ishlagan. Ilmiy ishlari kvant nazariya, qattiq jism fizikasiga oid. Cherenkov — Vavilov nurlanishi nazariyasini yaratdi (1937), yadro zarralari o’zaro ta’sirining takribiy usulini ishlab chiqdi (1945). Boshkariladigan termoyadro reaktsiyasini amalga oshirishning va SSSR da vodorod bombani yaratishning nazariy asosini yaratdi (A. D. Saxarov bilan hamkorlikda, 1950). Nobel mukofoti laureati (1958).