TAMSHUSH

TAMSHUSH — Qashqadaryo viloyatidagi soy. Xo’jagulbars tog’idagi kichik ko’l va buloklar suvidan hosil bo’lgan. Uzunligi 22 kilometr, suv sarfi 3,3 metr kub/sekund; havzasi maydoni 125,3 kilometr kvadrat. Hisorak qishlog’i yaqinida Oqdaryoga quyiladi. Shahrisabz tumanidagi Tamshush, Hisorak qishloqlari ekin maydonlarini suv bilan ta’minlaydi. Soy bo’ylab Tamshush dovoniga yo’l chiqadi.