TANGRICHILIK
TANGRICHILIK — qadimgi turkiy va qadimgi Oltoy xalqlari dini. Qadimgi Shumer davlatida (miloddan avvalgi 3-ming yillik) Tangriga sajda qilganlar. Til va etnik jarayonlar taraqqiyotining nostratik (borey) kontsepsiyasiga asoslangan tadqiqotchilar fikricha, 5-6 ming yillar muqaddam qadimgi Shumerdan Oltoygacha bo’lgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Qadimgi shumerlar qadimgi turk tiliga yakin bo’lgan protooltoy tili laxjasida so’zlashganlar. Shu davrda Tangrichilik protooltoy xalklarining eng kad. dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda Mesopotamiyaga qadimgi Somiy, miloddan avvalgi 1-ming yillikda hozirgi Eron, Afg’oniston va Turon tekisligi hududlariga oriy qabilalari kirib kelishi natijasida protooltoylarning katta qismi Oltoy, Sayan tog’lari, hoz. Shim. Xitoy, Mongoliya va Sibir tomonga ketishga majbur bo’lishgan va bu yerda Oltoy xalqlari sifatida shakllangan. Ilgarigi hududda qolgan qismi esa, g’olib xalqlarga muayyan darajada qo’shilib keyin paydo bo’lgan boshqa dinlarni (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik) qabul qilishgan. Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri bo’lgan. Qadimgi Oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus manjur, koreys va yapon xalqlarida Tangrichilikning izlari hozirgacha saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikdan boshlab Oltoy xalqlarining turkiy xalqlar guruhi G’arbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnular, sak, massaget, yueyji, Kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi — Tangriga sajda qilganlar. Ba’zi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga ko’ra, hoz. xristian dinining ramzlari sifatida qaraladigan ko’p narsalarning boshlang’ich shakllari (masalan, xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qo’ng’iroklari va boshqalar) milodiy 4-asrda gunnlar bilan Yevropaga kelgan. Ad.: Sulay monov o.,Azi Ya, AlmaAta, 1975; Antonov N.K., Nasledie predkov, Yakutsk, 1993; Islam, xristianstvo: vozmojnosti duxovnoy konsolidasii narodov Kazaxstana, Al mato’, 2001; Karimov B. R., Millat, inson va til: taraqqiyot muammolari, qarshi, 2003. Baxtiyor Karimov.