TANKER

TANKER (inglizcha tanker; tank — bak, idish, tsisterna) — suyuq yuklar (neft, bitum, mazut, kislotalar, suyuq oltin gugurt, o’simlik yog’i va boshqalar) ni kema tsisternalari (tanklar)ga quyib tashish uchun mo’ljallangan bir palubali, o’ziyurar maxsus kema. Tankerlardan 19-asr 70-yillaridan boshlab foydalaniladi. Tanker mashina bo’lmasi, yashash va xizmat xonalari va yuk bo’lmasidan iborat. Yuk bo’lmasi T.ning kattakichikligiga qarab bir necha ko’ndalang bo’lmachalar (tanklar) ga bo’linadi. Tanker yong’inni oldini olish va o’chirish jihozlari bilan ta’minlanadi. Kichkina va o’rtacha kattalikdagi Tankerga dizelenergetika qurilmasi, yirik Tankerga bug’turbinali qurilma o’rnatiladi. Tankerning sig’imi (dedveyti) — 500 ming tonnadan ortiq.