TANTA

TANTA — Misrdagi shahar. Nil daryosi deltasining Markaziy qismida. G’arbiya muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 371 ming kishi (1996). Transport yo’llarining tuguni. Paxta tozalash, yog’-moy zavodlari, to’qimachilik korxonalari bor. Hunarmandchilikda milliy kiyimlar, uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlanadi.