TAPAJOS

TAPAJOS — Braziliyadagi daryo, Amazonka daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi Juruena irmog’i boshlangan joydan 2200 kilometr, havzasining maydoni 487 ming kilometr kvadrat. Juruena (uzunligi 1000 kilometr) va Telispiris (Sanmanuel) daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Braziliya yassitog’ligining g’arbiy qismidan boshlanib, Amazonka pasttekisligidan oqadi. O’zani serostona, sharshara ko’p. O’rtacha suv sarfi 15,5 ming metr kub/sekund, noyabrdan martgacha sersuv. Sanruin sh.gacha (quyilish joyidan 300 kilometr masofada) kema qatnaydi.