Taqlid
Taqlid (Arab. — o’xshatish, ko’chirish, nusxa olish) — ijtimoiy, ma’naviy hayotda, turmush tarzida, kasbhunarda, badiiy ijodda o’zgalarga o’xshashga intilish, ergashish. T. ko’pincha san’at, badiiyestetik soha bilan boklis. Estetik T. nazariyasini ishlab chiqishga, uning inson tarbiyasi uchun muhim amaliy ahamiyatga egaligi haqidagi mulohazalarni tizimga solishga urinishlar borasida Sokrat, Pifagor, Platon, ayniqsa, Aristotel qarashlari diqqatga sazovor. Aristotel “Metafizika”, “Poetika” (“she’r san’ati”, “Ritorika” (“notiklik san’ati”), “Fizika” asarlarida T.ga estetik tamoyil sifatida qaradi, T.ning shakllangan nazariyasini yaratdi. Uning fikricha, san’at mohiyatan olamiy aqlga, ilohiy va tabiiy olamga bo’lgan T.ning mahsulidir. Forobiy va Ibn Sino Aristotelning T. nazariyasini sharhlab, uni yuksak pog’onaga ko’tardi. Forobiy “she’r san’ati” risolasida “she’r biror narsaga T. qilingan so’zlardan tashkil topishi kerak”, deydi. Ibn Sino “fan ashshe’r” asarining ikkinchi faslini T. nazariya – siga bag’ishlagan. Insoniyat tarixida butui bir madaniyestetik davrlar T. bilan bog’liq; mazkur davrlar jamiyatlari taraqqiyotida T. katta iz qoldirgan. Qad. Rim madaniyatining Yunoniston madaniyatiga taqlidan rivojlanganligi buning yaqqol misolidir. Psixologiyada T. yangi, namunaviy narsalar va hodisalar tashqi ko’rinishiga asoslangan holda ularni egallashga intilish jarayoni. U barcha yoshdagi insonlarga xos xususiyatdir. T.ning tashqi o’xshashligiga qaramasdan, har bir yosh davridagi T. o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ilk bolalikda odam T. orqali kattalar bilan dastlabki aloqa, muloqot o’rnatishga intiladi. Maktabgacha yoshda inson faoliyatining muhim tarkiblariga kirishga harakat qiladi. Bolalar syujetli, rolli o’yinlar ijro etishda oshkora voyaga etganlar hayoti va faoliyatiga, xulqatvorita kirib boradi, voqelik, vaziyat mohiyatini aks ettira boshlaydi. O’smirlik yoshida kattalarga yoki tengdoshlariga o’xshashlikka intilish orqali o’zi uchun ahamiyatli shaxs fazilati, xulqodobini o’zlashtiradi. O’spirinlarda kasbiy faoliyatga T. qilish kuchliroq aks etadi. Voyaga etgan odamlar ham T. qilishga moyildirlar. Ular yurishturishda, ish yuritishda, imorat qurishda, kiyinishda, sportda va shu kabida T. qilishga intiladilar. Abdulla Sher, Ergash G’oziev.