TAQRIBIY HISOBLASHLAR

TAQRIBIY HISOBLASHLAR – mat. ning amaliyot uchun muhim bo’limi. Differentsial tenglamalar, matematik analiz, algebra, optimal boshqaruv kabi sohalarda masalalarni echish usullarini ishlab chiqadi. Asosiy masalalari: 1) biror analitik ifoda bilan berilgan funktsiyaning xususiy qiymatlarini argumentlarining berilgan qiymatlariga qarab hisoblash; 2) koeffisientlari sonlardan iborat bo’lgan algebraik va transtsendent tenglamalar va shunday tenglamalar sistemasini echishning T. h.i; 3) funktsiyalarni differentsiallash va integrallashning taqribiy hisoblari. T.h. yordamida olingan natija anikligiga, asosan, yaxlitlash xatosi va qo’llanilgan usul xatosi ta’sir etadi. Bu xatoliklarning hisoblash jarayonidagi ta’sirini kuzatib borish uchun absolyut xato vanisbiy xato tushunchalari kiritilgan. Biror miqdorning aniq qiymati A bilan uning taqribiy qiymati a orasidagi AA qg’A — ag’farqning absolyut qiymati a sonining absolyut xatosi, za q tqu nisbat esa a sonining ni s b i y xatosi deyiladi. Ko’pincha, nisbiy xato foizlarda ifodalanadi. T.h.da turli matematik jadvallar va zamonaviy hisoblash texnikalari muhim vositadir.