Taqsimlash

Taqsimlash Vali – mashina, asbob, apparatda operasiyalarning bajarilish tartibini va ish tsiklini ta’minlaydigan qism. Ichki yo’nuv dvigateliaa gaz taqsimlash mexanizmidagi detal. Kulachokli val deb ham ataladi. Sirtida dvigatelning tsilindrlari soniga Moe sonli kulachoklari bo’ladi. T.v. mashinaning tirsakli validan aylanma harakat olib, dvigatel klapanlari va tsilindrlarining bir-biriga uygunlashib ishlashini ta’minlaydi. Ish mashinalarida, mas., metall kesish avtomatstanoklarida T.v. dasturli qurilma sifatida qo’llanadi. Turli avtomat larda T.v. berilgan dastur bo’yicha bajariladigan texnologik va ish jarayonlarini boshkarish tizimiga kitok kuchlanishini o’zgartirgichlar va b.) dan keladigan elektr energiyasini qabul qilib, alohida iste’molchilar (korxonalar, turar joylar va b.)ga taqsimlash (tarqatish) uchun mo’ljallangan qurilma. T.q. tarkibiga: elektr ulabuzgichlar, ajratkichlar, tok va kuchlanish transformatorlari, o’lchash asboblari, yig’ish shinalari, elektr reaktorlari va b. asbobuskunalar kiradi. T. q.ning ochiq va yopiq (binolar ichidagi) turlari bo’ladi. Ochiq T.q. apparaturalari binodan tashqariga o’rnatiladi. Bunday qurilmalar kuchlanish 35 kv va bundan yuqori bo’lganda qo’llanadi. Kuchlanish 35 kv gacha bo’lganda T.q.ning barcha elementlari metall shkaflar yoki qobiklarga (komplekt T.q. — KRU) o’rnatiladi.