TAQVODORLIK

TAQVODORLIK (Arabcha, taqvo — saqlanish, Xudodan qo’rqish) — barcha dinlarda o’ta dindorlikni ifodalovchi tushuncha. Qur’on va hadislarda Alloxdan qo’rqish, do’zaxdan saklanish, parhezkorlik va boshqa mazmunlarda keladi. Dinga juda berilgan, xudojo’y, o’zini harom va shubhalardan saqlab yuruvchi odam taqvodor deb atalgan.