TARAQQIYOT

TARAQQIYOT — rivojlanishining oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo’nalgan shakli, uning yuksalishi. Odatda rivojlanishning ikki muhim yo’nalishi bo’lib, biri Taraqqiyot (progressiv rivojlanish), ikkinchisi inqiroz (regressiv rivojlanish) deyiladi. Taraqqiyotni faqatgina jamiyatga qo’llashning xatosi shundaki, jamiyatdan tashqaridagi tizimlarda ham yuksalish ro’y beradi. u vujudga kelish, murakkablashish, ulg’ayish, yangilanish, tiklanish, tizim yasalish jarayonlari tarzida amalga oshadi. Taraqqiyot yaxlit jarayondir.