TARASKLAR

TARASKLAR (o’zlarini purepecha deb atashadi) — Meksikadagi indeys xalqlaridan biri. Umumiy soni taxminan 45 ming kishi. Tarasklar tili indeys tillari orasida alohida ajralib turadi. Hozirda Tarasklar ikki tilda (tarask va ispan) so’zlashadi. Ispanlar bosqini boshlangan davrda (16-asr boshi) Tarasklarning mustaqil davlati (poytaxti — Tsinsuntsan shahri) mavjud bo’lgan. Tarasklar o’zlarining etnik hududlari va o’ziga xos madaniyatlarini saqlab qolganlar. Dindorlari — katoliklar, an’anaviy e’tiqodlar ham saqlangan. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik (jo’xori, sabzavot, mevalar), ko’llar atrofida yashovchilari baliq ovlash bilan shug’ullanadi.