TARH

TARH (Arabcha) — me’morlikda bino, inshoot, bog’ va boshqa loyihalash. Amaliy bezak san’ati (naqqoshlik va boshqalar) da bezak — naqshning xomaki chizmasi, loyihasi. Masalan, naqqosh bezatiladigan sirtga moslab naqshning shakli (axtasi)ni oldin qog’ozga ishlaydi, keyin uni devorga ko’chiradi (devor sathini bo’laklarga bo’lib chiqadi, qaysi gul qaerga tushishini aniqlaydi). Bu jarayon naqsh Tarhini tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Tajribali naqqoshlar Tarhni birdaniga devorning o’ziga chizib tayyorlashlari ham mumkin.