“TARJIMON”

“TARJIMON” — Boqchasaroyda Ismoil Gasprinskiy muharrirligida chop etilgan gazeta. 1-soni 1883 yil 10 aprelda chiqqan va shartnomaga ko’ra ikki — mahalliy va rus tilida bo’lib, biri ikkinchisining aynan tarjimasidan iborat bo’lgan. Keyinchalik I. Gasprinskiy mavzular doirasidan tarjimalar nisbati va ko’lamigacha o’zgartirib borishga va gazetani turkislom dunyosining, ayniqsa Rossiya musulmonlarining chinakam milliy gazetasiga aylantirishga erishgan. Gazeta 1914 yil 11 sentabr — Ismoilbek Gasprinskiy vafotiga qadar uning noshirligi va muharrirligida chiqqan. So’ng bu ishni o’g’li Rif’at va safdoshi Hasan Sabriy davom ettirganlar. “Tarjimon” dastlabki yillarda haftada 1, 1903 yildan — 2, 1905 yildan — 3 marta chiqqan. 1912 yilan kundalik gazetaga aylangan. Jami 2826 soni chiqqan. Gazetaga 1905 yilda “olami nisvon” (“Ayollar olami”), 1910 yildan “olami sibyon” (“bolalar olami”) gazlari ilova sifatida chiqarilgan. Obunachilari 5000 tagacha yetgan. “Tarjimon” ning mushtariylari Turkistonda ham ko’pchilikni tashkil qilgan. Gazeta turkiy xalqlarning umumiy adabiy tilini yaratishga, til birligiga aloqida e’tibor bergan. Uningcha, til va din birligi millatning millat bo’lishidagi eng muhim omillardan sanalgan. “Tilda, fikrda, ishda birlik” so’zlari gaz.etaga shior qilib olingan. Gazetada dunyo xabarlari, Rossiya musulmonlari hayoti, mashg’ur kishilar gurmushi, turk dunyosi adabiyoti namunalari kabi doimiy mavzulardan oldi-qochdi hangomalar, reklama e’lonlargacha berib borilgan. Lekin Turkiston tarixi, kundalik g’ayoti, maktabmaorifi, til va adabiyoti, umumiy milliyfikriy uyg’onishidagi har bir yangilik gazetaning hamisha diqqat markazida turgan. Gazeta tarkibida “Tarjimon” bosmaxonasi ham faoliyat ko’rsatgan. Bosmaxonada yuzga yaqin turlituman risolalar chop etilgan. ad.: Gankevich V., Na slujbe pravde i prosvetsheniyu, Simferopol, 2000. Shohruh Qosimov.