TARONI

TARONI — kechpishar xo’raki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib chiqarilgan (S.A.Pogosyan, S.S. Xachatryan, E.L. Martirosyan). Tupi kuchli o’sadi. Barglari o’rtacha, besh bo’lmali, orqa tomoni silliq, guli 2 jinsli. Uzum boshi yirik, konussimon, o’rtacha tig’iz. G’ujumi yirik, cho’ziq, to’q binafsha rang. Quyuq g’ubor bilan qoplangan. Pusti kalin. Eti go’shtdor sersuv. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 3400° bo’lganda 160-165 kunda to’liq etiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidami past. Hosildorligi 160-180 tsentner/gektar. Oidium bilan zararlanadi. Yangiligida iste’mol qilinadi, uzoq saqlanadi.