TAROVIH

TAROVIH (Arabcha — hordiq chiqarish, tin olish) — Ramazon oyi davomida kechalari o’qiladigan qo’shimcha nafl namoz. Tarovih 20 rakaat bo’lib, xufton namozi bilan birga o’qiladi. Tarovih namozida Qur’oni karimni boshdan oyoq qiroat bilan xatm qilish sunnat amallardan hisoblanadi.