TARTIBGA SOLUVCHI (TARTIBLOVCHI) DAROMADLAR
TARTIBGA SOLUVCHI (TARTIBLOVCHI) DAROMADLAR – tegishli budjetda ko’zda tutilgan barcha xarajatlami to’liq qoplash maqsadida umumdavlat soliqlaridan quyi budjetdagi biriktirilgan daromadlarning ustiga yuqori budjetdan beriladigan daromadlar. Bunday daromadlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aksizlar, korxonalardan olinadigan daromad (foyda) solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i kabilar kiradi. Bu soliqlar bo’yicha daromadlar quyi budjetlardagi tushumlarni tartibga solish uchun moliyaviy hisobot davrida (odatda, bir yilda) belgilangan tartibda tasdiqlangan stavkalar bo’yicha soliqlardan foiz ajratmalari ko’rinishida foydalaniladi. Tartibga soluvchi daromadlar bo’yicha ajratmalar bevosita quyi budjetlarga borib tushadi, ajratmalar stavkasi (normativi) esa davlat budjeti tasdiqlanayotgan paytda aniqlanadi.