TARVUZ
TARVUZ (Citrullus) — qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’t o’simliklar turkumi; poliz ekini. Vatani — Afrika (Misr). Hindistonda 3 ming yildan beri ekiladi. Hindiston, Amerika, Janubiy Yevropa, Xitoy, Turkiya, Eron, Yaponiya va Avstraliyada keng tarqalgan. Markaziy Osiyoda Tarvuz ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida krvundan keyin 2 o’rinda turadi. Madaniy Tarvuzning xo’raki (S. aedulis Pand.), xashaki (S. colocynthoides Pand.) turlari, yovvoyi Tarvuzning mevasi achchiq 4 turi ma’lum. Xo’raki Tarvuzning dunyo bo’yicha ma’lum bo’lgan barcha navlari 10 ta ekologik-geografik guruhga bo’linadi. O’rta Osiyo tarvuzi alohida ekologik-geografik guruhni tashkil etadi. Palagi 4-5 metrgacha boradi. Ildizi chuqur joylashgan o’q ildiz, barg qo’ltiqlaridan o’sib chiqqan jingalaklari yordamida ilashib, chirmashib o’sadi. Barg bandi uzun, barglari bir necha bo’lakchalardan iborat, rangi och yashil, oq va uzun tuklar bilan qoplangan. Otalik va onalik gullari alohidaalohida joylashgan. Asosan chetdan changlanadi. Tarvuz mevasining shakli yumaloq, ovalsimon, tsilindrsimon. Po’sti qalin (1,5 santimetr), o’rtacha (1,1,5 santimetr), yupqa (1 santimetrdan kam), qattiq, eti yumshoq, sersuv, sershira, qumoq, ba’zan tolali. Etining rangi qizil, ayrim navlari malinasimon. Urug’i, oq sariq, qora, qizil, kulrang. 1000 dona urug’i vazni 40-120 gramm. Mevasi tarkibida 8,0—13,5% quruq modda, 5,8—11% qand (fruktoza; xashaki tarvuzda 3,2—5% quruq modda, 1,2—3% qand, 1 kilogrammida 0,09 ozuqa birligi), 90% dan ko’proq suv, turli vitaminlar (VR V2 RR) va mineral tuzlar, urug’ida 25-30% moy, fitin kislotasi bor. Tarvuz issiqsevar, yorug’sevar o’simlik, qurg’oqchilikka chidamli, urug’i tuproq harorati 14-16° da una boshlaydi (qulay sharoit 20°). Ekilgandan keyin 5-6 kunda unib chiqadi. Tarvuzning ertapishar, o’rtapishar va kechpishar navlari bor. Ertapishar navlari 80— 90, o’rtapisharlari 90-100 va kechpisharlari 110-120 kunda pishadi. Tarvuz yangiligida iste’mol qilinadi, sanoatda qayta ishlash uchun xom ashyo, xashaki Tarvuz chorvachilikda shirali ozuqa sifatida foydalaniladi. Tabobatda kamqonlik, jigar, buyrak, yuraktomir kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Shinni, murabbolar tayyorlanadi. Tarvuz pushti kengligi 280-360 santimetr qilib olingan jo’yakning ikki tomoniga tup orasi 70 santimetr qilib 4-6 santimetr chuqurlikda ekiladi. Uyalarga 2-3 kun ivitilgan urug’lar 3— 4 tadan tashlanadi, chopik, paytida yagana qilib bittadan o’simlik qildiriladi. O’suv davrida qator oralari 2-3 marta yumshatiladi (chopiq qilinadi). Tuproq sharoitiga qarab 6-8 marta suv beriladi. Tarvuz lalmikor erlarda g’am yaxshi o’sadi. Hosildorligi 200-600 ts/ga. O’zbekistonda Tarvuzning 15 dan ortiq navlari rayonlashtirilib, davlat reyestriga kiritilgan. Bulardan eng ko’p ekiladigan navlari: Guliston, Dilnoz, Korol Kuba 92, Qo’ziboy, marmar tarvuz, manzur, olmos, Surxon tongi, O’zbekiston, O’rinboy, Xait qora va boshqalar. 2000-yillardan boshlab Gollandiya selektsiyasida chiqarilgan ertapishar Krisbi, Trofi, Granit 1-avlodi duragaylari ekilmoqda. Erta hosil olish uchun issikxonalarda yoki ochiq dalada plyonka ostida ko’chatidan ekib yetishtirish mumkin. Zararkunandalari: o’rgimchakkana, poliz shirasi, shum/iya, ko’k qurt tunlami, oq chivin. Kasalliklari: fuzarioz, bakterioz. Ad: Ostonaqulov T.E., Sabzavot ekinlari biologiyasi va o’stirish texnologiyasi, T., 1997; Pivovarov V.F., Aromov M.X.,Turdikulov B.X. i dr., Ovotshnie i baxchivie kulturi v Uzbekistane, M., 2001. Rafiqjon Hakimov, Rafiqa G’anixo’jayeva.