TA’SIR ETUVCHI MASSALAR QONUNI

TA’SIR ETUVCHI MASSALAR QONUNI — kimyoviy muvozanat sharoitida o’zaro reaktsiyaga kirishuvchi moddalar va reaktsiya mahsulotlari, massalari orasidagi bog’lanishlarni ifodalovchi qonun; u massalar ta’siri qonuni deb ham yuritiladi. Bu qonunni 1864-67 yillarda norvegiyalik olimlar K.Guldberg va P. Vaagelar ta’riflagan. ta’sir etuvchi massalar qonuni turli hisoblashlarda keng qo’llanadi.