TASNIF
TASNIF — 1) Shashmaqom cholg’u bo’limida birinchi, mohiyati bo’yicha bosh qism. Tasniflar maqom nomi bilan qo’shilib, Tasnifi Buzruk, Tasnifi Rost, Tasnifi Navo, Tasnifi Dugoh, Tasnifi Segoh va tasnifi Iroq deb yuritiladi. Ushbu namunalarning aksariyati qadimgi ko’rinishga ega doira usuli jo’rligida yangraydi. Tasniflar maqom ijrochiligida yetakchi cholg’u bo’lmish tanbur mashqlaridan kelib chiqqan. Har bir Tasnifda muayyan maqomning tayanch pardalari negizida o’ziga xos kuyohanglar bayon etiladi. “Xona” va “bozgo’y” kuy tuzilmalarining navbatma-navbat almashinuvi natijasida Tasniflarning umumiy shakli gavdalanadi, rivoji jarayonida esa “peshrav” uslubi etakchilik qiladi; 2) Eron va Ozarbayjonda (tesnif) kichikroq shakldagi maqom sharonyalariga o’xshash lirik ashulalar.