“TATA”

“TATA” (“Tata Sons Pvt”) — Hindistondagi yirik milliy monopolist guruh. Bombeylik savdogar Jamshid Tataning savdo firmasi asosida yuzaga kelgan. 1877 yilda firma mamlakatda birinchi sanoat korxonasi — Nagpur to’qimachilik fabrikasini va 1907 yilda mamlakatda birinchi metallurgiya zavodini qurdi. 2-jahon urushi boshlarida guruhga Hindiston Markaziy banki, sug’urta va transport kompaniyalari, to’qimachilik, galanteriya va tsement korxonalari, gidroelektr styalari kirdi. Hindiston milliy mustaqillikka erishgach (1947) hamda dengiz va aviatsiyada yuk tashish, sug’urta ishi va tijorat banklari milliylashtirilgach, “TATA” faoliyati, asosan, sanoatda davom etdi. 20-asrning 70-yillarida “TATA” qudratli kontsernga aylandi, o’z mablag’ini qora metallurgiya (aktivining 30% ortig’i), mashinasozlik va avtomobilsozlik (15% dan ortiq), energetika (10%), kimyo (5% dan ortiq) va boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatdi. “TATA” asosan xususiy eksportchilardan biri hisoblanadi. Guruhni “Tata Sanz prayvit” kompaniyasi boshqaradi. 70-yillarning boshida guruhga kirgan kompaniyalarning umumiy aktivi 8,5 milliard rupiyani, ishchilari soni 140 ming kishini tashkil etdi. 20-asrning 80-yillarida O’zbekistonda qurilish ishlarida ishtirok etdi va Toshkent shahrida mehmonxona majmuini qurdi.