TATLAR

TATLAR, totlar — Rossiya Federatsiyasidagi xalq. Asosan, Dog’iston (12,9 ming kishi; jami 19,4 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari) va Ozarbayjon (10,2 ming kishi)da hamda Eronda yashaydilar. Tat tilida so’zlashadi. Dindorlari — iudaistlar, sunniy musulmonlar, xristian-monofisiylar. Dehqonchilik, bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanadi.