TAUER
TAUER, touer (inglizcha tower — minora) — Londonning Sharqiy qismida, Temza daryosi bo’yida joylashgan qasrqal’a. Tauer ning eng qadimgi qismi — “oq minora” Vilgelm I Fotih davrida (taxminan 1078-85) qurilgan. Tauer 17-asrgacha qirol qarorgohidan biri bo’lib xizmat qilgan. Bu yerda (1820 yilgacha) davlatning bosh turmasi joylashgan; Tauerda ko’plab oliy mansabdor shaxslar (Genrix VI va Eduard V ukasi Richard bilan, Tomas mor, T. Kromvel, Genrix VIII ning xotinlari — Anna Boleyn va Ekaterina Govard va boshqalar) xufiyona ravishda o’ldirilgan. Keyinchalik, bu yerda qurolaslaha ombori (Arsenal), kazarmalar joylashgan; hozirda — muzey (qadimgi qurollar va jazolash asboblari, qirol xonadoniga tegishli qimmatbaho buyumlar majmuasi va boshqalar).