Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasi
Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasi — Qoraqalpog’iston Respublikasining Taxiatosh shahridan 4 kilometr uzoqlikda, Amudaryoning chap qirg’og’ida qurilgan. Shahar va stansiya qurilishi 1956 yil boshlanib, stansiyaning 12 MVt quvvatli birinchi agregati 1961 yil 10 sentabrda ishga tushirilgan. Shu yili stansiyaning o’rnatilgan quvvatlari 28 MVt birinchi navbati qurilishi nihoyasiga yetkazilgan. 1964 yilda uning 24 MVt quvvatli 2-navbati ishga tushirildi. 1969 yil 200 MVt quvvatli 3-navbat, 1974 yilda 110 MVt quvvatli 4-navbati ishga tushirildi. 1980-1985 yillarda stansiyaning 1 va 2 navbatlari demontaj qilindi. 1990 yilda 420 MVt quvvatli 5 va 6 navbati tamomlandi va stansiyani kengaytirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Stansiyada o’rnatilgan quvvatlar 730 MVt ni tashkil etadi. Quvvatlar 220, po, 35 kv kuchlanishlarda uzatiladi. Oqar suv bilan ta’minlangan. Asosiy yoqilg’isi tabiiy gaz, zahira yoqilg’isi mazut. 2003 yilda 2905 million kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Stansiya O’zbekiston Respublikasining yagona energetika sistemasiga ulangan.