Taxiatosh shahri haqida eshitganmisiz?

Taxiatosh shahri haqida eshitganmisiz? – Qoraqalpog’iston ASSR. Taxiatosh shahri 1953 yilda quruvchilarning posyolkasi sifatida paydo bo’lgan. Shahar Amudaryoning chap qirg’og’ida Ketmon tepaligi yonida joylashgan. Xalq orasida nomning taxia “do’ppi” (xorazm shevalarida) hamda “tosh” so’zlaridan yasalganligi haqidagi “etimologiya”si bor. Ammo toponimning birinchi komponenti Taxia “do’ppi” emas, balki takiyadir. “Boburnoma”da qayd etilishicha, takya “darveshlarning maxsus joyi, umumiy yotoqxona” ma’nolari bor. Taxiatosh “toshdan yasalgan darveshxona, musofirxona” ma’nosidadir.

Leave a Reply