Taxikardiya

Taxikardiya (Yunoncha tachys — tez va kardia — yurak) — yurak qisqarishlarining tezlashuvi, yurakning tez (1 minutda 100 va undan ko’p) urishi. Yurak qisqarishi ritmikligi va sonining buzilishi, uning asosiy xususiyatlaridan biri — yurak avtomatizmining o’zgarishi natijasida yuzaga keladi. Sog’lom kishilarda jismoniy va ruhiy zo’riqish, ovqat yeyish, tana holatini keskin o’zgartirish, masalan, yotgan joydan birdan turib ketish va hokazolarda (buni fiziologik Taxikardiya deyiladi) kuzatiladi. Gavda trasi ko’tarilganda (isitma 37°dan yuqori bo’lsa, tomir minutiga odatdagidan 8-10 ta ko’p uradi), shuningdek, yurak-tomir va nerv sistemalari, ichki sekretsiya bezlari kasalliklari va boshqalarda Taxikardiya paydo bo’ladi. Yurak ishi juda o’zgaruvchan bo’lib, doimo organizmning qon aylanishiga bo’lgan talabiga moslashib turadi. Tabiiy sharoitda yurak ishini boshqarishda Markaziy nerv sistemasidan sayyor (adashgan) va simpatik nervlar orqali keladigan impulelar yetakchi rol o’ynaydi. Simpatik nerv ta’sirlansa, yurak qisqarishlari soni ortadi. Yurak qisqarishi ritmining tezlashishi yurak muskullarida moddalar almashinuvi va qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Yaulsning to’satdan tezlashib minutga 160-200 gacha yetishi paroksizmal Taxikardiya deyiladi. Taxikardiyaning oldini olish uchun eng avval uni keltirib chiqargan sabab bartaraf etiladi.