Tayfun

Tayfun– Uzoq Sharq dengizlarida ko`tariladigan kuchli tropik siklon. Tezligi 30-50 km/soat, ba’zan 100 km/soatgacha yetadi. Tayfun, asosan yozda va kuzda okeanda Filippin orollari yaqinida paydo bo`lib, Xitoy, Yaponiya, Koreya qirg`oqlariga, ba’zan Uzoq Sharq hududiga yetib kelishi mumkin. Tayfun turganda o`ta qattiq shamol esib, jala yog`adi, suv toshqini va katta vayronagarchilik ro`y beradi.