TAYMAZOV ARTUR BORISOVICH
TAYMAZOV ARTUR BORISOVICH (1979.20.7, Vladikavkaz) — sportchi, erkin kurash bo’yicha Olimpiada o’yinlari chempioni (2004, Afina). O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (2002), “O’zbekiston iftixori” (2004). Taymazov erkin kurashning 120 kilogramm vazn toifasida Olimpiada o’yinlari (2000, Sidney) va jahon chempionati (2001, Varna) kumush medali sovrindori, jahon chempioni (2003, Nyu-York), “Mustaqillik Kubogi” xalqaro musobaqasi g’olibi (2003, Toshkent). T. Vladi-Kavkaz universitetini tugatgan (2002), O’zbekiston Respublikasi “Dinamo” ko’ngilli sport jamiyatida erkin kurash bo’yicha sport yo’riqchisi (1999 yildan).