TAYMIR YARIM OROLI

TAYMIR YARIM OROLI – Osiyoning eng shimoldagi yarim orol (Krasnoyarsk o’lkasida). Maydoni 400 ming kilometr kvadrat (Rossiya Federatsiyasidagi eng katta yarim oroli). O’rta Sibirning shimolda, Kara dengizining Enisey qo’ltig’i bilan Laptevlar dengizining Xatanga qo’ltig’i orasida. Janubda O’rta Sibir yassitog’ligi bilan chegaradosh. Tabiatiga ko’ra uch qismga bo’linadi: 1) sohil bo’yi denudasion kambar tekisligi; asosan, to’rtlamchi davr yotqizikdaridan tarkib topgan. Relefi — sertepa tekislik. Tundra landshaftlari asosiy o’rin tutadi;. 2) Birranga tog’lari shimoli sharqdan Janubi g’arbga tomon o’zaro parallel yo’nalgan tizmalardan iborat. Uzunligi 800 kilometr, eni 250 kilometr. Eng baland joyi — Birranga tog’i (1146 metr). Uzunligi 5 kilometrgacha bo’lgan bir necha tog’ muzligi bor (umumiy maydoni 40 kilometr kvadrat); 3) shimoliy Sibir (Taymir, Eniseyxatanga) pasttekisligi. Tuz gumbazlari uchraydi. Relefi — sertepa tekislik, mutlaq balandligi 50-200 metr. Taymir yarim orolining iqlimi qahraton sovuq; zamini doimiy to’ngib yotadi. Yillik yog’in 120-250 millimetr. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -30°, -35°, iyulniki g—12°. Eng past temperatura -61°, eng yuqori temperatura 30°. Daryolari: Pyasina, Yuqori va quyi Taymira, Xatanga. Ko’l ko’p. Aholi ko’proq bug’uchilik bilan shug’ullanadi. Taymir toshko’mir havzasi va ko’plab tuz konlari bor.