Tayyorlov omborxona xarajatlari
Tayyorlov omborxona xarajatlari – ashyolar, mahsulot va qurilmalar hamda jihozlar smeta narxiga qo’shiluvchi, qurilish-montaj tashkilotlari va buyurtmachilarning tayyorlov devonini saqlash va asosiy omborxonalar bo’yicha xarajatlarini to’lash uchun mablag’. Ko’rsatib o’tilgan mablag’, respublika me’yorlari asosida, o’rnatilgan, ashyolar, mahsulotlar, qurilmalar va jihozlar, qurilish franko-ob’yekt huzuridagi omborxonalar narxidan foizlarda aniqlanadi.