TAZMIN

TAZMIN (Arabcha — she’rdan bir parcha olish, ko’chirish) — poetik san’at turi. Shoir fikr va histuyg’usini tasdiqlash, isbotlash yoki davom ettirish uchun biror kimsa ijodidan shohbayt — aforizm darajasiga ko’tarilgan mashhur misrani o’z she’rida keltirishi. Tazmin misra gazalning 1-misrasi yoki matlai sifatida keladi. Epigraf — tezis sifatida keltirilgan shu misra yoki bayt Tazminchi shoir yaratayotgan misra va baytlar uchun qolip, moya rolini o’taydi. Tazmin misra fikrni tasdikdash bilan birga uni mantikiy davom ettirish imkonini yaratadi, ko’pchilikka ma’lum va mashhur Tazminning muallifi ataylab eslatilmaydi, aks holda muallifga ishora qilinadi. Tazmin bir necha xil: mieraning yarmi, to’liq satr, ikki, uch, olti bayti Tazmin qilinishi mumkin. Ba’zan shoir Tazminni o’z ijodidan olish hollari ham uchraydi. Masalan, Bobur o’zining: Gar vasl muyassar o’lmasa netgaymen, Boshimni olib qay sorig’a ketgaymen? baytini “Jamoling vasfini”, “vasfingni necha ulusdin eshitgaymen”, “Ishqing yo’lida…”she’rlarida Tazmin qilgan. Ad.: Orzibekov R., O’zbek lirik poeziyasida g’azal va musammat, T., 1977.