Tbilisi

Tbilisi (1936 y.gacha ruscha transkripsiyasida — Tiflis) — Gruziya poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markazlardan biri, transport tuguni. Tbilisi soyligida, kura daryosining har ikkala sohilida, 406— 522 m balandlikda joylashgan. Yanv.ning o’rtacha trasi 0,5°, iyulniki 24,2°. Yillik yog’in 510 mm. Mayd. 348,6 km2. Aholisi 1280 ming kishi |(2002 y.; shahar ma’muriyatiga qarashli aholi punktlari bilan birga — 1,5 mln. kishiga yaqin)]. T. 8 tumanga bo’lingan. T. so’zi iliq suvli buloklar nomi (gruzincha “tbili” — iliq)dan olingan. T. shaharqal’a sifatida ilk bor yilnomalarda 4-a.dan tilga olinadi. Podsho Vaxtang I Gorgasal davri (452-502)da T. Sharqiy Gruziyaning eng yirik iqtisodiy markazlaridan biriga aylangan. Vaxtang I ning o’g’li dachi shahar devorlarini qurishni tugatib (6-a. boshi), poytaxtni Mtsxetadan T.ga ko’chirdi va uni Sharqiy Gruziya davlati bo’lmish Kartlining poytaxtiga aylantirdi. 7-11-a.larda T. arablar, xazarlar, forelar, turksaljo’qlar hujumiga duchor bo’lgan, 8-a. 30y.laridan Arab amirligining qarorgohi. Gruziyada David Binokor podsholigi davrida T. ozod qilinib (1122), Birlashgan gruzin davlatining poytaxtiga aylantirilgan. 12— 13-a.larda T. Yaqin Sharqning eng yirik savdohunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri. 13-18-a.larda T. turli davlatlar tarkibida bo’lib keldi. 1801 y. Sharqiy Gruziya Rossiya imperiyasiga qo’shib olingach, T. Gruziya gubernyasining ma’muriy markazi va Kavkazdagi rus qo’shinlari bosh qo’mondonining, 1845 y.dan esa Rossiya podshosining Kavkazdagi noibi qarorgohi bo’lib qoldi. 19-a.ning 2yarmidan Zakavkazeda t.y. qurilishi boshlanishi bilan T.da sanoat korxonalari qurilishi tezlashdi. Ko’nteri zdlari, tamaki fkalari bunyod etildi. Bosh t.y. ustaxonasi T.dagi eng katta korxona edi. 1921 y.dan T. uzilkesil Gruziyaning poytaxti bo’lib qoldi. T. ning etakchi sanoat tarmoklari — mashinasozlik (stanoklar, elektrovozlar, priborlar, qishloq xo’jaligi. mashinalari, elektr texnika buyumlari, aviasiya sanoati mahsulotlari va b. ishlab chiqarish.), metallsozlik, engil (to’qimachilik, ko’npoyabzal, galanteriya, tikuvchilik va b. korxonalar), oziq-ovqat (shu jumladan, vinokonyak, shampan vinosi tayyorlash, mevasabzavot konservalari, tamakichilik, yogmoy, non zdlari va b.), yog’ochsozlik, shisha va chinnifayans, kimyo va kimyofarmaievtika, polifafiya sanoatlari. Qurilish materiallari ham ishlab chikariladi. T.da termal suvlardan issiqxonalarni isitishda foydalaniladi. T. — transport yo’llarining yirik tuguni, harbiy Gruziya yo’lining oxirgi punkti. Avialiniyalar orkali MDHning deyarli barcha yirik markazlari bilan bog’langan. Ichki transport rivojlangan — avtobus (1933 y.dan), tramvay, trolleybus (1937 y.dan) katnaydi, 1966 y.dan metropoliten ishga tushirilgan. Dam oluvchi va sayyohlarni tashuvchy*’ kanat yo’llari bor. Bu transport yo’llari shaharning Markaziy ko’chalarini tog’li qismi bilan bog’laydi. T. Kura daryosi va uning terrasalari bo’ylab 30 km ga cho’zilgan. Shaharning Jan.sharqida tor ko’chalar, o’rta asrlarda qurilgan 2-3 qavatli g’ishtin uylari bo’lgan eski shahar joylashgan. Eski shaharda Nariqal’a xarobalari (qadimgi kismi 4-a., keyingisi 16-17-a.lar), toshdan qurilgan Anchisxati (6-17-a. lar) cherkovi va Metexi (1278-93) cherkovi, Sioni kafedrali sobori (6-7-a. lar), Rostom podshosining hammomlari (17-a.) saklangan. Gruziya FA, 11 oliy o’quv yurti (shu jumladan, 3 unt, konservatoriya), 14 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), 20 dan ortiq muzey (shu jumladan, S. Janashia nomidagi Gruziya muzeyi, Gruziya san’ati muzeyi, Gruziya kartinalar galereyasi, Gruziya adabiyoti muzeyi), Botanika bog’i, Davlat kutubxonasi, yuzdan ortiq jamoat kutubxonasi, yirik nashriyotlar bor. T. — Zakavkazeda turizmning yirik markazlaridan. Shaharning Jan.Sharqiy qismida T. balneologik kurorti joylashgan. T. da mashhur gruzin yozuvchilari, rassomlari, kompozitorlari, jamoat arboblari (Aleksandr va Ilya Chavchavadzelar, N. Baratashvili, Akakiy va Georgiy Tsereteli, N. Nikoladze, Nino Pirosmanishvili, 3. Paliashvili va b.) hamda arman va Ozarbayjon madaniyati vakillari (X. Abovyan, G. Sundukyan, O. Tumanyan, M. Axundov, M. Shafi va b.) yashab ijod kilganlar. A. Griboedov (Mtasminda togdagi panteonda dafn qilingan). A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, L. N. Tolstoy, M. Gorkiylarning nomlari T. bilan bog’liq