TEGIRMON GAZKONDENSAT KONI

TEGIRMON GAZKONDENSAT KONI — Buxoro viloyatidagi Olot t.y. stantsiyasidan 20 km Jan.Shark – da joylashgan. Kon 1976 y.da ochilgan. T. g.k. Chorjo’y tektonik pog’onasining Markaziy qismida, Dengizko’l zanjirsimon ko’tarilmasining shim.g’arbiy yo’nalishdagi egilgan qismida joylashgan. Yuqori yura ohaktoshlari shipi bo’yicha tegirmon burmasi 2 mustaqil — Sharqiy va g’arbiy tegirmon qubbalariga bo’lingan. T.g.k.da 3 quduq qazilgan bo’lib, ularda yuqori yura karbonat yotqiziklaridagi sanoat ahamiyatiga molik gaz mavjud. Yura yotqiziklari 3 qalin qatlamga bo’lingan: terrigen, karbonat va tuzangidrit. Terrigen jinslar kumirli argillit, kumtosh va alevrolitlardan (qalinligi 102 m) iborat. Karbonat katlamning (342-362 m) mahsuldor qismi gorizontlarga bulingan. Gaz, asosan shu gorizontlarda uchraydi. Gorizontlar yuqori g’ovakli kesaksimon teksturali — suvo’tli ohaktoshlardan tuzilgan bo’lib qatlamkollektorlarni hosil qiladi. Gorizontlardagi gaz quruq va engil. Gorizontlarda kondensat uyumi ham uchraydi. Ayrim gorizontlardagi qatlam suvlari xloridkaltsiy tipiga mansub bo’lib, minerallashgan, sedimentasion metamorflashgan namakobdan iborat. Kon hoz. kunda sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.