TEGU
TEGU — Janubiy Koreyadagi shahar, mamlakatning Janubiy Sharqiy qismida. Kyonsanpukto provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 2,4 million kishi (1996). Transport yo’llari tuguni. Yengil va oziq-ovqat sanoatlarining yirik markazi: ipak va ip gazlama, ko’nteri, qog’oz, tamaki, sholi oqlash, un tortish korxonalari bor. Rezina buyumlar ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (jumladan, stanoklar, qishloq xo’jaligi., transport, to’qimachilik, poligrafiya sanoatlari uchun jihozlar ishlab chiqarish.), rangli metallurgiya, harbiy, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Tegu yaqinidan toshko’mir va mis qazib olinadi. O’rta asrlarda qurilgan saroy va ibodatxonalar xarobalari, bog’lar saqlangan.