Tehron
Tehron – Eron poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Elburs tog’ining Jan. etagida, 1100-1300 m balandlikda joylashgan. Iklimi subtropik kontinental iqlim. O’rtacha t-ra yanv.da 2°, iyulda 29-30°. O’rtacha yillik yog’in 240 mm. Texron ostonining ma’muriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi (1997). Transport yo’llarining muhim tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsuloti qiymatining 1/3 qismi T. ga to’g’ri keladi. Mashinasozlikning turli sohalari, xususan, avtomobilsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish, radio va teleapparaturalar, maishiy elektr asboblari ishlab chiqarish., ta’mirlashmexanika, metallsozlik, neftni qayta ishlash, tsement, oziqovqat, to’qimachilik, kimyo sanoati, oynashisha, chinnifayans korxonalari bor. Hunarmandchilik (yog’och o’ymakorligi, chilangarlik, metall va zargarlik buyumlari tayyorlash, gilam to’qish va b.) rivojlangan. T. 12-a.da Ray sh. yaqinidagi manzilgoh o’rnida barpo qilingan. 14-a.dan yirik savdo markaziga aylandi. 1722 y.da shaharni afg’onlar vayron qilgan, birok, tezda tiklangan. 1786 y.da Qojarlar sulolasi hukmdori Muhammadshog’T.ni poytaxt deb e’lon qilgan. 1870-72 y.larda shahar ancha kengaydi, yangi qurilishlar amalga oshirildi. Shahar 20-a. o’rtalaridan tez sur’atlarda rivojlandi. 1943 y.dat.da 3 ittifokchi davlat — SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya hukumati boshliqlarining konferentsiyasi (Tehron konferentsiyasi) bo’lib o’tgan. T. yangi va eski shahar qismlaridan iborat. Shahar ko’chalari keng, zamonaviy binolar, ma’muriy idoralar, elchixonalar, mehmonxonalar qurilgan. Istirohat bog’lari, xiyobonlar barpo etilgan. Me’moriy yodgorliklardan Shoh masjid, Madrasa, saroylar saqlangan. Guliston saroyida (18-a. oxiri — 19-a.) oltin, kumushga o’yib ishlangan noyob buyumlar, gilamlar saqlanadi. Tehron unti, Milliy va texnologiya untlari, tibbiyot inti, kutubxonalar, arxeologiya, etnografiya muzeylari, kartinalar galereyasi, opera va balet teatri, san’at maktabi va h.k. bor.