…TEKA

…TEKA (Yunoncha theke — ombor; idish, yashik) — o’zlashma qo’shma so’zlarning ikkinchi qismi; bir turdagi narsalarning to’plamini hamda shu to’plamlar saqlanadigan bino, xona ma’nolarini bildiradi (masalan, biblioteka, kartoteka, fonoteka, diskoteka kabi).