TEKELI

TEKELI — Qozog’iston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar. Koratol daryosi bo’yida. Jung’ariya Olatovi etaklarida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 22,9 ming kishi (2003). Qo’rg’oshinrux kombinati, g’isht zavodi, trikotaj va tikuvchilik fabrikasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.